Jahon

"Agar Ukraina yonsa, sizning Moskvangiz ham yonadi" — Zelenskiy

Ukraina Rossiyaga javob zarbalari haqida bayonot berdi.

"Agar Ukraina yonsa, sizning Moskvangiz ham yonadi" — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududidagi nishonlarga uzoq masofali zarbalar berilishi mutlaqo oqlanishini ta’kidladi. Bu haqda u 18-iyun kuni ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida ma’lum qilgan deb xabar bermoqda FREEDOM.

 

Zelenskiy agar Rossiya urushni tugatishdan bosh tortsa, Ukraina javob choralarini davom ettirishini qayd etgan.

 

“Moskvaga mutlaqo adolatli javobimiz bor. Agar Putin bu urushni tugatishni istamasa, biz jim o‘tirmaymiz — javob beramiz. Javob kuchli va adolatli bo‘lishi kerak”, — degan Ukraina prezidenti.

 

U shuningdek, Rossiya tomonidan Kiyevdagi Lavra hududiga qilingan hujumlarni eslatib, Ukraina bunga javoban zarur choralarni ko‘rishini bildirganini qayd etgan.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina urushni istamaydi va uni boshlamagan, biroq davom etayotgan harbiy harakatlarga javoban harakat qilishga majbur bo‘lmoqda.

 

“Biz bu urushni xohlamadik va xohlamaymiz. Ammo agar Ukraina yonib ketsa, Moskvangiz ham yonadi. Shuning uchun urushni tugatish vaqti keldi”, — degan Zelenskiy.

 

Shuningdek, Ukraina prezidenti Rossiyaga nisbatan kuchaytirilgan sanksiyalar va iqtisodiy bosimni tinchlikka erishishning asosiy vositasi sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ukraina Moskvadagi turar joy binolariga va katta miqdorda yoqilg'i yetkazib beruvchi Moskva neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumi uyushtirgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.