Jahon

Eron va Qo'shma Shtatlar 19-iyun kuni Shveytsariyada muzokaralar o'tkazadi

Muzokaralarda vositachilik qiluvchi Pokiston, Qatar hamda boshqa manfaatdor davlatlar delegatsiyalari ham ishtirok etadi.

Eron va Qo'shma Shtatlar 19-iyun kuni Shveytsariyada muzokaralar o'tkazadi

 

Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi juma kuni AQSh va Eron vakillari o‘rtasida dastlabki muzokaralar Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda avval erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar “kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki maslahatlashuvlar” formatida o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Uchrashuvda AQSh va Eron vakillari bilan bir qatorda, jarayonda vositachilik qiluvchi Pokiston, Qatar hamda boshqa manfaatdor davlatlar delegatsiyalari ham ishtirok etadi.

 

Shveytsariya TIV ma’lumotida qayd etilishicha, muzokaralar tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy qadamlarni muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini ma’lum qilgan edi. Eron tomoni ham ushbu kelishuvni tasdiqlagan.

 

Hozirda Byurgenstokdagi muzokaralar Vashington va Tehron o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish hamda barqaror muloqot jarayonini shakllantirishga qaratilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh va Eron dastlabki tinchlik shartnomasini imzolagani to'g'risida xabar berilgan edi.

custom img

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Rekord darajadagi issiq 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 224 kishiga yetdi

Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Shu tariqa mamlakat arab dunyosida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi davlatga aylandi.

custom img

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilari ham qor bilan qoplandi. Mamlakat ob-havo xizmati ayrim hududlarda juda sovuq, yomg‘irli va kuchli shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi.

custom img

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Turkiyaga NATO sammitida qatnashish uchun borgandi. Sammit yakunida esa Eron tomonidan unga qarshi suiqasd tahdidi aniqlanib, qaytish rejasi o‘zgartirilgan.

custom img

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"