Jahon

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Tashiyevni “shoqol” deb atadi

Spiker “75 lar xati” tashabbuskorlarini keskin tanqid qildi.

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Tashiyevni “shoqol” deb atadi

 

Qirg‘izistonda “75 lar xati” nomi bilan tanilgan shov-shuvli jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda. Mazkur ish doirasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev, sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushyev, Jo‘qorg‘u Keneshning sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o'g'li hamda yana bir qator sobiq amaldorlar ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqda. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Bishkekda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida ayrim advokatlar jurnalistlarning ayblanuvchilarga haddan tashqari yaqinlashayotganidan norozilik bildirib, jarayonni yana yopiq tarzda o‘tkazishni taklif qilgan. Sudya Aziret Mederov ham sud zalidagi odamlar sonining ko‘pligiga e’tibor qaratgan.

 

Shu bilan birga, Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Marlen Mamataliyev “75 lar xati” tashabbuskorlarini keskin tanqid qilgan.

 

“Shoqollar va shoqolchalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazmoqchi bo‘lishdi, biroq ular hech qachon sherni yenga olmasligini unutishdi. Chunki sher ortida 7 million inson turibdi”, — degan u 17-iyun kuni parlament yalpi majlisida.

 

Spikerning ta’kidlashicha, maktub tashabbuskorlari o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda. Uning fikricha, ular o‘z harakatlari va niyatlarini tan olganlari ma’qul bo‘lardi. Marlen Mamataliyev mazkur masalaga yakuniy huquqiy bahoni sud berishi kerakligini qayd etgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-iyundan boshlab “75 lar xati” ishi bo‘yicha sud jarayoni ilk bor ochiq tartibda o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10-fevral kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi va Bosh vazir o‘rinbosari Qamchibek Tashiyev Prezident Sadir Japarov farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"