Jahon

Ukraina Moskvaga dron hujumlari uyushtirdi

Hujumlar oqibatida turar joylar va infratuzilma obyektlari zarar ko‘rgan.

Ukraina Moskvaga dron hujumlari uyushtirdi

 

Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qilishicha, Ukraina tomonidan amalga oshirilgan ommaviy dron hujumlari oqibatida Moskva viloyatining bir qator hududlarida turar joylar va fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan.

 

Xususan, Jukovskiy shahridagi Gagarin ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosiga dron urilgan. Natijada 23 va 24-qavatlar oralig‘idagi yong‘in chiqish yo‘lagi hamda ikkita balkon plitasi shikastlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, bino aholisi evakuatsiya qilingan.

 

Lyubertsida dron qoldiqlari fitnes markazi va sanoat maydoniga tushgan. Shuningdek, savdo markazi tomiga tushgan qoldiqlar yong‘inga sabab bo‘lgan. Yong‘in ko‘lami va ehtimoliy jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

 

Elektrostal shahrining Stepanovo qishlog‘ida urib tushirilgan dron qoldiqlari xususiy uyning tomiga zarar yetkazgan. Bir ayol yengil jarohat olgan. Radio ko‘chasida dron qoldiqlari sabab yuzaga kelgan yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.

 

Chexov tumanidagi Masnovo-Jukovo qishlog‘ida dron yozgi uyga zarba bergan. Bino va qo‘shimcha inshootlar vayron bo‘lgan, jabrlanganlar qayd etilmagan. Kryukovo qishlog‘ida esa dron qoldiqlari bir nechta yozgi kottejlarga tushgan, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Pavlovskiy Posaddagi bog‘dorchilik shirkatida dron hujumi oqibatida ikkita yozgi uy yonib ketgan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.

 

Shu bilan birga, Moskva meri Sergey Sobyanin dronlarning bir qismi Moskva neftni qayta ishlash zavodi tomon yo‘naltirilganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari hujumni qaytarishda davom etmoqda, favqulodda xizmatlar esa oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 07:30 holatiga ko‘ra, poytaxt yo‘nalishida uchgan 137 ta dron havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilgan.

 

Dronlar tahdidi sabab Sheremetyevo aeroportida ham vaqtinchalik xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"