O'zbekiston

Andijonda qo‘shnisining farzandini urgan erkak ushlandi

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda qo‘shnisining farzandini urgan erkak ushlandi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan kuch ishlatilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

 

Hodisa 18-iyun kuni soat 15:30 atrofida Namozgoh mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalida sodir bo‘lgan. Dastlab 2016-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola cho‘milish vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan.

 

Shundan so‘ng bolalardan birining otasi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro mojaroga aralashib, qo‘shnisining voyaga yetmagan farzandiga nisbatan kuch ishlatgan. Oqibatda bola tan jarohati olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

 

E'lon qilingan videomurojaatda erkak o‘z qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, jabrlanuvchi bolaning ota-onasi, yaqinlari va jamoatchilikdan uzr so‘radi.

 

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.