Siyosat

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuv tinchlik uchun mustahkam zamin yaratadi — TIV

Oʻzbekiston AQSh va Eron oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumini mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi.

AQSh va Eron oʻrtasidagi kelishuv tinchlik uchun mustahkam zamin yaratadi — TIV

 

Oʻzbekiston AQSH va Eron oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolanganini hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida olqishladi.

 

Qayd etilishicha, AQSh va Eron rahbariyatining muhim pallada namoyon etgan siyosiy irodasi hamda uzoqni koʻzlagan yondashuvi xalqaro hamjamiyat uzoq vaqt kutgan tinchlikka erishish yoʻlidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

 

Bayonotda ushbu muhim oʻzaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qoʻshgan Pokiston va Qatar davlatlarining roli alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr hamda boshqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlari ham yuqori baholandi.

 

Oʻzbekiston tomoni muzokaralarning navbatdagi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi, erishilgan kelishuvlar izchil va samarali amalga oshirilishi hamda mintaqada barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.

 

Shu bilan birga, nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, oʻzaro hurmat va barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning eng muhim sharti boʻlib qolishi taʼkidlandi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.