Sport

JCH-2026: Kanada Qatarni 6:0 hisobida mag'lub etdi

Qatar ikki futbolchisining chetlatilishi ortidan 9 kishi bilan o‘yinni yakunlagan.

JCH-2026: Kanada Qatarni 6:0 hisobida mag'lub etdi

 

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichi ikkinchi turida Kanada terma jamoasi Qatar ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Vankuver shahridagi BC Place stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

 

Kanadaliklar safida Kayl Larin 16-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Jonatan Devid 29-, 45+3- va 90+2-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etgan. Yana bir golni 64-daqiqada Natan-Dilan Saliba urgan. 75-daqiqada esa qatarlik Muhammad Al-Mannai o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yanada yiriklashtirgan.

 

Uchrashuv davomida Qatar terma jamoasi ikki futbolchisidan ayrilgan. Dastlab 33-daqiqada Homam Al-Amin qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etgan. Ikkinchi bo‘limda esa Assim Madibo Ismoil Konening og‘ir jarohatlanishiga sabab bo‘lgan vaziyatdan so‘ng maydondan chetlatilgan. Shundan so‘ng Qatar uchrashuvni to‘qqiz futbolchi bilan yakunlashga majbur bo‘lgan.

 

B guruhining boshqa uchrashuvida Shveytsariya Bosniya va Gertsegovinani 4:1 hisobida mag‘lub etgan. Natijada Kanada olti ochko bilan guruh peshqadamiga aylangan.

 

Guruh bosqichining uchinchi turida Kanada terma jamoasi Shveytsariya bilan, Qatar esa Bosniya va Gertsegovina bilan bahs olib boradi.

 

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.