Jahon

Isroilning Livanga bergan zarbalari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulhga erishilganiga qaramay, Livanga hujumlar uyushtirildi.

Isroilning Livanga bergan zarbalari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasining Livan janubiga uyushtirgan zarbalari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi yaralandi. Bu haqda Livan fuqaro mudofaasi xizmatiga tayanib The Guardian xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar Nabatiya tumanida davom etayotgan hujumlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Eng qonli hujumlardan biri Tir tumani tarkibidagi Barish aholi punktida sodir bo‘lib, uch qavatli turar joy binosiga berilgan zarba natijasida bir oilaning to‘rt a’zosi halok bo‘lgan.

 

Isroil harbiylari hujumlar Eron bilan ittifoqchi bo‘lgan Livandagi “Hizbulloh” guruhi tomonidan tunda uchirilgan raketa va snaryadlarga javoban amalga oshirilganini bildirdi.

 

Juma kuni “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida janglarning qayta avj olishi Shveysariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSH–Eron muzokaralarining bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Mazkur uchrashuvlar shu hafta imzolangan muvaqqat kelishuvni Eron yadroviy dasturini ham qamrab oluvchi kengroq bitimga aylantirish jarayonini boshlashi kerak edi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, zo‘ravonliklar Isroilning to‘rt nafar harbiysi, jumladan bir yuqori martabali ofitser halok bo‘lgan hujumdan keyin kuchaygan. “Hizbulloh” bu hujum Isroil tomonidan avvalgi sulh shartlari buzilgach amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.

 

Tomonlar sulhga tayyor ekanini bildirayotgan bo‘lsa-da, uning amalda kuchga kirgani hozircha rasman tasdiqlanmagan. “Hizbulloh” vakillari Isroil hujumlarni to‘xtatgan taqdirdagina sulhga rioya qilishlarini ma’lum qilgan.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Livandagi vaziyatning keskinlashuvi AQSH va Eron o‘rtasidagi diplomatik jarayonlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mintaqadagi mojaro oqibatida minglab odamlar halok bo‘lgan, energiya narxlari keskin oshgan va global iqtisodiyot uchun qo‘shimcha xavflar yuzaga kelgan.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.