Jahon

Britaniya bosh vaziri yaqin kunlarda iste’foga chiqishini e’lon qilishi mumkin

Bunga partiya ichidagi noroziliklar va siyosiy muvaffaqiyatsizliklar sabab bo‘lmoqda.

Britaniya bosh vaziri yaqin kunlarda iste’foga chiqishini e’lon qilishi mumkin

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer yaqin kunlarda iste’foga chiqish muddatlarini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalariga tayanib, DW xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Leyboristlar partiyasi ichida Starmerga bosim kuchayib bormoqda. Bunga bosh vazirning jamoatchilik orasidagi past reytingi hamda so‘nggi haftalarda yuz bergan siyosiy muvaffaqiyatsizliklar sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

 

Xususan, 11-iyun kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili iste’foga chiqdi. U hukumatni, jumladan bosh vazir va Moliya vazirligini mamlakat mudofaasi uchun yetarli mablag‘ ajratmayotganlikda tanqid qilgan.

 

Shuningdek, Meykerfild okrugida o‘tkazilgan parlamentga qo‘shimcha saylovlar natijalari ham Starmer pozitsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etilmoqda. Saylovda Buyuk Manchester meri Endi Bernem Reform UK partiyasi nomzodini mag‘lub etib, ishonchli g‘alabaga erishgan.

 

BBC ta’kidlashicha, Leyboristlar partiyasining ayrim deputatlari Endi Bernemni partiyaning yangi yetakchisi sifatida ko‘rmoqda. U hozirda Starmerning ehtimoliy vorisi va kelajakdagi bosh vazirlikka asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

 

Britaniya siyosiy doiralarida sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting nomzodi ham ehtimoliy yangi yetakchilar qatorida muhokama qilinmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"