Jahon

Shveysariyada Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar boshlanmoqda

Uchrashuv Livandagi harbiy harakatlar va Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin vaziyat fonida o‘tkaziladi.

Shveysariyada Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar boshlanmoqda

Shveysariyaning Burgenshtok kurortida Eron va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar vakillari uchrashuv o‘tkaziladigan hududga yetib kelgan. Bu haqda Bild xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSH delegatsiyasi tarkibidan vitse-prezident Jey Di Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff hamda AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner o‘rin olgan. 

 

Eron tomoniga esa parlament spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibof va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchilik qilmoqda.

 

Muzokaralar Livandagi harbiy harakatlar davom etayotgan hamda Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat keskinlashgan bir paytda o‘tkazilmoqda. Avvalroq Eron Isroilning Livanga uyushtirgan zarbalarini sabab qilib, Hormuz bo‘g‘ozini yana yopayotganini ma’lum qilgan edi.

 

AQSH harbiylari esa bu da’volarni rad etib, bo‘g‘oz orqali kemalar harakati uzluksiz davom etayotganini bildirgan. 

 

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, hudud orqali 55 ta kema o‘tgan bo‘lib, ular orasida qariyb 17 million barrel neft tashigan kemalar ham bor.

 

Avvalroq Jey Di Vens muzokaralar doirasida Shveysariyada bir necha kun qolishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

 

Shveysariyada Eron va AQSH vakillari o‘rtasidagi muzokaralar boshlanmoqda. Uchrashuv Livandagi harbiy harakatlar va Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin vaziyat fonida o‘tkaziladi.

 

Avvalroq 19-iyunga rejalashtirilgan muzokaralar bekor qilingan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"