O'zbekiston

Toshkentda itlar shafqatsizlarcha o‘ldirildi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Toshkentda itlar shafqatsizlarcha o‘ldirildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida itlarga nisbatan shafqatsizlik qilingani aks etgan video yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 19-iyun kuni ko‘pqavatli uy yaqinidagi omborxona hududida bir necha erkakning itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, ularni urib o‘ldirgani aks etgan videolar tarqalgandi. Mazkur holat jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Hududda faoliyat yurituvchi tadbirkor Yevgeniy Rojkovning ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda yaqin atrofdagi qurilishlar yakunlangach, hududdagi daydi itlar soni sezilarli darajada ko‘paygan. Shu sababli u avval ham ishlagan veterinarga murojaat qilib, hududni burgalarga qarshi ishlov berish hamda ahvoli og‘ir bo‘lgan itlarni ko‘rikdan o‘tkazishni so‘ragan.

 

Tadbirkorning ta’kidlashicha, veterinarning dastlabki harakatlari videolarda ham aks etgan bo‘lib, u itlarga ukol qilgan va hududda zararsizlantirish ishlarini olib borgan. Biroq keyinchalik ayrim itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aniqlangan.

 

“Ekolog” jamoat tashkiloti direktori o‘rinbosari Guli Ergasheva veterinarning harakatlari amaldagi qonunchilik talablariga va hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabat tamoyillariga zid ekanini bildirib, itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilganini qayd etdi.

 

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, videolarda aks etgan shaxslarning kimligi aniqlangan. Ulardan tushuntirish xatlari va ko‘rsatmalar olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yil 25-martdan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga 15 dan 25 BHMgacha miqdorda jarima (taxminan 6,1 mln so‘mdan 10,3 mln so‘mgacha) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.