Jahon

Eron-AQSh muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi - nimaga kelishib olindi?

Tomonlar o‘rtasidagi texnik muzokaralar hafta oxirigacha davom etadi.

Eron-AQSh muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi - nimaga kelishib olindi?

 

Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida Qatar va Pokiston vositachiligida o‘tkazilgan AQSh hamda Eron vakillari o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi.

 

Qatar Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 60 kun ichida yakuniy kelishuvga erishish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib olgan. Shuningdek, vositachilik jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘mita tuzish, Livandagi harbiy harakatlarni to‘xtatish yuzasidan Bayrut ishtirokidagi alohida guruh tashkil etish hamda Hormuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemalarining xavfsiz harakatini ta’minlash uchun aloqa mexanizmini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, barcha masalalar yuzasidan texnik muzokaralar hafta oxirigacha davom etadi.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qatar va Pokiston vositachiligidagi sa’y-harakatlar natijasida Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan ayrim cheklovlar bekor qilingani, qator aktivlar muzlatilgan holatdan chiqarilgani hamda mamlakatni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli dastur ishga tushirilganini ma’lum qilgan.

 

Avvalroq AQSh va Eron urushni to‘xtatish hamda Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tiklashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini elektron shaklda imzolagani va hujjat kuchga kirgani xabar qilingan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.