Jahon

Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri 25 yilga qamaldi

Vazir davlat to'ntarishini uyushtirishda muhim rol o'ynaganlikda aybdor deb topilgan.

Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri 25 yilga qamaldi

 

Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri Pak Son Je davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etgani uchun 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, u 2024-yil 3-dekabrda harbiy holat joriy etishga urinish bilan bog‘liq voqealarda ishtirok etgan va isyon deb tasniflangan harakatlarni tayyorlash hamda amalga oshirishda muhim rol o‘ynagan.

 

Shuningdek, sobiq vazir mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ham aybdor deb topilgan.

 

Prokuratura tomonidan unga nisbatan 20 yil qamoq jazosi so‘ralgan bo‘lsa-da, sud 25 yil muddatni belgilagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr voqealari bilan bog‘liq ish doirasida Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ham ayblanib, keyinchalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

3-dekabr kuni e’lon qilingan harbiy holat farmoni Milliy Assambleya tomonidan bekor qilinganidan so‘ng voqealar keskin siyosiy inqirozga sabab bo‘lgan. 2025-yil 4-aprelda Konstitutsiyaviy sud impichmentni tasdiqlagan.

 

Muddatidan oldingi saylovlarda esa muxolifatdagi Demokratik partiya nomzodi Li Chje Myon g‘alaba qozonib, 2025-yil 4-iyundan davlat rahbari lavozimini egallagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.