O'zbekiston

MB mijozlardan eng ko‘p shikoyat tushgan 10 ta bankni e’lon qildi

Markaziy bankga ko‘ra, mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi.

MB mijozlardan eng ko‘p shikoyat tushgan 10 ta bankni e’lon qildi

Markaziy bank 2026-yil I choragi yakunlari bo‘yicha murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan 10 ta bank reytingini e’lon qildi. Reytingdan o‘rin olgan banklarning yarmi davlatga qarashli.

 

Reytingda mijozlardan eng ko‘p shikoyat tushgan bank sifatida “Biznesni rivojlantirish banki" qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarni “Anorbank”, “Mikrokreditbank”, “AVO bank” va “TBC bank” egallagan.

 

Shuningdek, ro‘yxatdan quyidagi banklar ham o‘rin olgan:

 

  • “Davr bank”;
  • “Tenge bank”;
  • “Asaka bank”;
  • “Turon bank”;
  • “Agrobank”.

 

 

Regulyator ma’lum qilishicha, reyting iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan. Ro‘yxat Markaziy bank va boshqa davlat idoralariga banklar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar asosida shakllantiriladi.

 

Qayd etilishicha, mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha mijozlarga yetarli tushuntirish berilmasligi, murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etilmasligi, takroriy shikoyatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarning saqlanib qolishi, masofaviy xizmatlar, to‘lovlar, kreditlar va boshqa bank operatsiyalari bilan bog‘liq muammolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi hamda iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ichki nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

 

Markaziy bank mazkur banklarga murojaatlar kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilishni va takroriy shikoyatlarga olib kelayotgan omillarni bartaraf etishni tavsiya qilgan. 

 

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni kengaytirish tavsiya etilgan.

 

Markaziy bankga ko‘ra, mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo‘yicha indeks hisoblanmaydi.

 

Avvalroq bankomatda naqd pul yechishdagi uzilishlar, nosozliklar uchun banklar jarimaga tortilishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"