O'zbekiston

O‘zbekistonda 464 ta “zapravka” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

6 mingdan ortiq yonilg‘i va gaz to‘ldirish obyektlari tekshirilib, minglab kamchiliklar bartaraf etildi.

O‘zbekistonda 464 ta “zapravka” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

 

O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati bo‘yicha o‘tkazilgan keng qamrovli xatlov yakunida 464 ta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda 22-iyundan kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining qarorida ma’lum qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 6 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz, neft mahsulotlari quyish shoxobchalari hamda gaz ballonlariga suyultirilgan gaz to‘ldirish stansiya va punktlari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Xatlov davomida avariya va noxush hodisalarning oldini olish, insonlar xavfsizligini ta’minlash hamda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi holati o‘rganilgan.

 

Tekshiruvlar natijasida jami 46 ming 737 ta qoidabuzarlik va kamchilik aniqlangan. Shundan 2 218 tasi qurilish, 7 949 tasi yong‘in xavfsizligi, 25 341 tasi sanoat va texnika xavfsizligi, 3 354 tasi texnik jihatdan tartibga solish hamda 7 875 tasi texnologik jarayonlarga oid kamchiliklarni tashkil etgan.

 

Xatlov jarayonida 7 ming 166 ta kamchilik joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, xavfsizlik talablariga javob bermagan 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab barcha turdagi yonilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xizmat muddati tugagan yoki ishlab chiqarilgan sanasi noma’lum bo‘lgan, ortiqcha bosim ostida ishlovchi uskunalardan foydalanish 2030-yil 1-yanvargacha cheklanadi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil sentabriga qadar insonlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, yong‘in va sanoat xavfsizligi hamda shaharsozlik me’yorlariga javob bermaydigan obyektlar reyestri shakllantirilib, ularni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"