Jahon

“Ular buni his qilishi kerak” — Zelenskiy Rossiyani yangi zarbalar bilan ogohlantirdi

Ukraina prezidenti dronlari 2000 kilometrdan ortiq masofadagi nishonlarga zarba bera olishini ma’lum qildi.

“Ular buni his qilishi kerak” — Zelenskiy Rossiyani yangi zarbalar bilan ogohlantirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning kundalik hujumlariga javoban Rossiya hududidagi nishonlarga berilayotgan zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari jurnalist Alla Mazurga bergan intervyusida urush oqibatlari Rossiya jamiyati tomonidan ham his qilinishi kerakligini ta’kidlab, “Ular buni his qilishi kerak”, deya bayonot bergan.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mudofaa-sanoat kompleksining rivojlanishi va uzoq masofali qurollar ishlab chiqarish hajmining oshishi mamlakat imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan.

 

Prezident Tyumen viloyatidagi nishonga berilgan zarba haqida ham ma’lumot berib, nishongacha bo‘lgan masofa taxminan 2070 kilometrni tashkil etganini bildirgan. Uning qayd etishicha, hujumda yangi avlod “Fire Point” dronlari qo‘llanilgan bo‘lib, ular 2500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga qodir.

 

Zelenskiy Ukraina Rossiyaning harbiy zavodlari, neft bazalari, gaz omborlari va boshqa strategik obyektlari joylashuvi haqida ma’lumotga ega ekanini ta’kidlab, uzoq masofali qurollarni takomillashtirish ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday zarbalar Rossiya tajovuziga javob hamda adolatni tiklashning bir qismi hisoblanadi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"