O'zbekiston

Urgutda 27,4 ming dollarlik “gashish” savdosi fosh etildi

2 kg 80 gramm “gashish”ni sotishga uringan uch nafar fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Urgutda 27,4 ming dollarlik “gashish” savdosi fosh etildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamo.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Urgut tumanida yashovchi 1990, 1998 va 2008-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro 2 kilogramm 80 gramm “gashish” moddasini shartli xaridorga 27,4 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxslardan biri avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday turdagi jinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.