Jahon

Eron va AQSh muzokaralaridan so‘ng to‘rtta ishchi guruh tuzildi

Tuzilgan guruhlar sanksiyalarni bekor qilish, yadroviy kelishuvlar, iqtisodiy tiklanish hamda kelishuvlar ijrosini monitoring qilish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Eron va AQSh muzokaralaridan so‘ng to‘rtta ishchi guruh tuzildi

 

Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng sanksiyalarni bekor qilish, yadroviy kelishuvlar, iqtisodiy tiklanish hamda monitoring masalalari bo‘yicha to‘rtta ishchi guruh tuzildi.

 

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida o‘tkazilgan to‘rt tomonlama maslahatlashuvlardan so‘ng Press TV telekanaliga ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tuzilgan ishchi guruhlar sanksiyalarni yumshatish, yadroviy tartibga solish, iqtisodiy tiklanish va qayta qurish hamda kelishuvlar ijrosini monitoring qilish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

 

Shuningdek, tomonlar Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish masalalarini muvofiqlashtirish uchun maxsus aloqa punktini tashkil etishga kelishib olgan.

 

21-iyun kuni Byurgenstokda Qatar va Pokiston vositachiligida o‘tgan AQSh–Eron muzokaralarining birinchi bosqichi ijobiy va konstruktiv muhitda o‘tgan. Qo‘shma bayonotga ko‘ra, uchrashuvda texnik muzokaralar uchun muhim poydevor yaratilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.