O'zbekiston

Farg‘ona va Xorazmda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Narkotik moddalar Rossiyadan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Farg‘ona va Xorazmda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

 

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilib, yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Buvayda tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Marg‘ilon – Buvayda” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘shtepa tumanida yashovchi shaxsning yonidan 1 kilogramm 187 gramm “gashish” moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1995-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yonidan hamda vaqtincha yashash xonadonidan jami 620 gramm “gashish” va 297 gramm “mefedron” giyohvandlik vositalari aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

 

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.