Jahon

Isroil G‘azodagi bolalarga nisbatan genotsid sodir etgan — BMT Komissiyasi

Hisobotga ko‘ra, G‘azodagi bolalar Isroil tomonidan atayin nishonga olinib, o‘ldirilgan.

Isroil G‘azodagi bolalarga nisbatan genotsid sodir etgan — BMT Komissiyasi

BMTning Mustaqil xalqaro tergov komissiyasi Isroil hukumati va xavfsizlik kuchlari falastinlik bolalarni ataylab nishonga olgani, bu esa G‘azoda genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga, bosib olingan G‘arbiy Sohilda esa harbiy jinoyatlarga olib kelganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

E’lon qilingan hisobotda 2023-yil 7-oktyabrda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan buyon falastinlik bolalarga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar o‘rganilgan.

 

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi urush davomida halok bo‘lganlarning qariyb 30 foizini bolalar tashkil etgan. Hisobotda 2023-yil 7-oktabrdan 2025-yil 7-oktabrgacha kamida 20 ming 179 nafar bola halok bo‘lgani qayd etilgan.

 

BMT komissiyasi falastinlik bolalar urush davomida, jumladan 2025-yil oktabr oyida sulh kuchga kirganidan keyin ham ataylab nishonga olinib o‘ldirilganini bildirdi. Komissiya buni Isroil hukumati va xavfsizlik kuchlarida G‘azodagi falastinliklarni to‘liq yoki qisman yo‘q qilish niyati mavjud bo‘lganini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida baholagan.

 

“Dalillar falastinlik bolalar Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan ataylab nishonga olinib o‘ldirilganini ko‘rsatmoqda”, — dedi komissiya raisi Srinivasan Muralidhar.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Isroil kuchlari bolalar qurbonlari soni ortib borayotganiga qaramay, aholi zich yashaydigan hududlarda katta quvvatli o‘q-dorilar va keng hududga ta’sir qiluvchi qurollardan foydalanishda davom etgan. Komissiya bunday hujumlar ko‘plab bolalarning halok bo‘lishiga olib kelgani va ular qasddan amalga oshirilganini ko‘rsatishini bildirgan.

 

Shuningdek, komissiya Isroil tomonidan G‘azoda yaratilgan sharoitlar, jumladan keng ko‘lamli hujumlar, takroriy ko‘chirishlar hamda yordam, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilishining cheklanishi bolalarning sog‘lig‘i va rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazganini qayd etgan.

 

Tergov natijalariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va reproduktiv tibbiyot muassasalariga qilingan hujumlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, homila tushishi holatlari ko‘paygan va G‘azodagi deyarli barcha bolalar psixologik yordamga muhtoj holatga kelgan.

 

Komissiya G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda ham falastinlik bolalarga nisbatan zo‘ravonlik kuchayganini qayd etdi. Hisobotda ommaviy hibsga olishlar va qamoqda saqlash vaqtida qiynoqlar, jumladan jinsiy va gender asosidagi zo‘ravonliklarga oid dalillar hujjatlashtirilgani aytiladi.

 

BMT komissiyasi falastinlik bolalar, ayniqsa o‘g‘il bolalar qamoqda muntazam ravishda majburiy yechintirish, kaltaklash va oziq-ovqatdan mahrum qilish kabi munosabatlarga duch kelganini bildirgan. Komissiya bunday harakatlarni insoniyatga qarshi jinoyat, jumladan qiynoq va boshqa g‘ayriinsoniy muomala sifatida baholagan.

 

Isroilning Jenevadagi vakolatxonasi hisobotni rad etib, uni “ikkinchi tuhmatga asoslangan targ‘ibot hisoboti” deb atadi.

 

“Isroil ushbu tuhmatga asoslangan soxta hisobotni rad etadi”, — deyiladi bayonotda.

 

Isroil tomoni har bir bola himoyaga loyiq ekanini ta’kidlab, hisobotda HAMASning harakatlarini e’tibordan chetda qoldirganini bildirgan.

 

Shuningdek, Isroil bolalarni ataylab nishonga olayotgani haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etib, mojaro sharoitida ham bolalarga zarar yetkazishni minimallashtirishga intilayotganini ma’lum qilgan.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"