Sport

JCH-2026. Argentina Avstriyani magʻlub etib, muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini naqd qildi

Uchrashuvda dubl muallifi boʻlgan Lionel Messi mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylanib oldi.

JCH-2026. Argentina Avstriyani magʻlub etib, muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini naqd qildi



2026 yilgi Jahon chempionatining J guruhi 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda amaldagi jahon chempioni Argentina Avstriyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.



Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan bahs qahramoni Lionel Messi bo‘ldi. Uchrashuvning 9-daqiqasida argentinaliklar sardori penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘z so‘zini aytdi. Messi 38-daqiqada hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi.



Ikkinchi bo‘limda Avstriya hisobni tenglashtirish uchun bir qator urinishlar amalga oshirdi, biroq Argentina himoyasi ishonchli harakat qildi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Messi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.



Mazkur dubl Lionel Messi uchun alohida ahamiyat kasb etdi. 38 yoshli futbolchi Jahon chempionatlari tarixidagi gollari sonini 18 taga yetkazib, germaniyalik afsonaviy hujumchi Miroslav Klozening 16 gollik rekordini ortda qoldirdi va mundiallar tarixining eng sermahsul to‘purari sifatida yangi rekord o‘rnatdi.



Ushbu g‘alaba evaziga Argentina hisobidagi ochkolar sonini 6 taga yetkazdi va muddatidan avval pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Amaldagi jahon chempionlari guruhdagi so‘nggi tur oldidan keyingi bosqich masalasini hal qilib ulgurdi.



J guruhining ikkinchi uchrashuvida Iordaniya va Jazoir o‘zaro bahs olib boradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.