O'zbekiston

Namanganda goʻsht yetishtirish hajmi oshiriladi

To‘raqo‘rg‘onda 35 million dollarlik chorvachilik loyihasi amalga oshirilmoqda.

Namanganda goʻsht yetishtirish hajmi oshiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.

 

Umumiy qiymati 35 million dollar bo‘lgan klaster 10 gektar yer maydonida uch bosqichda tashkil etilmoqda.

 

Birinchi bosqichda xorijdan 15 ming bosh nasldor qo‘y olib kelinadi. Ikkinchi bosqich yakunida chorva sonini yana 35 ming boshga yetkazish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida yuqori mahsuldor “Arashan”, “Hisor” va “Adelbay” zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Zamonaviy parvarish texnologiyalari va ilmiy yondashuv asosida go‘sht yetishtirish hajmi va sifatini oshirish maqsad qilingan. Texnologik hisob-kitoblarga ko‘ra, 40–50 kilogramm vazndagi qo‘ylarni intensiv boqish orqali ularning vazni uch oyda 100 kilogrammgacha yetkaziladi. Natijada har bir bosh qo‘ydan 60–70 kilogrammgacha sof go‘sht olish imkoniyati yaratiladi.

 

Loyiha to‘liq quvvatga chiqqach, viloyatda yiliga 35–40 ming tonna sifatli go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 280 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi hamda 95 ta kam ta’minlangan oila vakillarining bandligi ta’minlanadi.

 

Majmua tarkibida zamonaviy logistika xizmatlari, veterinariya va servis shoxobchalari, shuningdek, mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun savdo nuqtalari ham tashkil etiladi. Bu esa uzluksiz klaster tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Prezident ushbu loyiha tajribasini chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, ichki bozorni sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash hamda aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, uni keng ommalashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"