O'zbekiston

Yomg‘irda xizmat qilayotgan YPX xodimiga soyabon bergan haydovchi rag‘batlantirildi

Haydovchi YPX xodimiga ko‘rsatgan yordami ortida shaxsiy manfaat bo‘lmaganini bildirgan.

Yomg‘irda xizmat qilayotgan YPX xodimiga soyabon bergan haydovchi rag‘batlantirildi

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yomg‘irli ob-havo sharoitida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimiga haydovchilardan biri tomonidan soyabon olib borib berilgani aks etgan video tarqalgan edi.

 

Mazkur holatga befarq bo‘lmagan, xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga insoniylik nuqtai nazaridan yordam ko‘rsatgan fuqaro Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan rag‘batlantirildi. Bu haqda YHXX Axborot xizmati rahbari Zoyir Yo'ldoshov ma'lum qildi.

 

Taqdirlash marosimida haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimini tanimasligini, o‘rtada hech qanday qoidabuzarlik yoki manfaatdorlik bo‘lmaganini ta’kidlagan.

 

“Shunchaki insoniylik nuqtai nazaridan yordam bermoqchi bo‘ldim. Biz ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Har kim ham bu mas’uliyatli kasb egasi bo‘la olmaydi. Yaxshiyam, sizlar borsizlar. Hamisha yuzingiz yorug‘ bo‘lsin”, — degan haydovchi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan fuqaroga esdalik sovg‘asi sifatida soyabon topshirilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.