Jinoyat

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Fuqarolardan minglab dollar undirgan bir necha shaxslarning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan katta miqdorda pul undirgan bir qator shaxslarning noqonuniy harakatlari fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatida fuqaro T.T. 12 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan hamda 38 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan. Tergov materiallariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar avval Migratsiya agentligida ishlagan, firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan A.A.ga berilgan.

 

Marg‘ilonda o‘tkazilgan tekshiruvda esa muqaddam sudlangan fuqaro I.R. ikki nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan jami 3,5 ming AQSH dollarini olgani aniqlangan. Mazkur mablag‘ning 3 million so‘mi jabrlanuvchilarga qaytarilgan.

 

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolar I.X. va A.K. Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali bir fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, undan 2 ming AQSH dollari va 36 million so‘m olganlikda gumon qilinmoqda.

 

Xonobod shahrida muqaddam firibgarlik uchun sudlangan A.A. uch nafar fuqaroga Koreya vizasini olib berishni va’da qilib, 2,5 ming AQSH dollari va 11 million so‘mni qo‘lga kiritgani aniqlangan. Tergov davomida ushbu mablag‘ning 1 ming AQSH dollari qaytarilgan.

 

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida muqaddam sudlangan fuqaro Y.L. bir fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 11 ming AQSH dollari evaziga kelishgan va shundan 2,3 ming AQSH dollarini olgan.

 

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida esa fuqaro X.K. Koreyada ishlash uchun topshiriladigan imtihondan ijobiy natija bilan o‘tkazib berishni va’da qilib, 3,5 ming AQSH dollaridan 1 ming AQSH dollarini olgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"