O'zbekiston

“Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar cho‘zilmasligi kerak” — Saida Mirziyoyeva

Andijon viloyatidagi bir qator ijtimoiy obyektlar, jumladan, Oltinko‘ldagi “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasi, 9-sonli bog‘cha va 36-sonli maktab yangilanadi.

“Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar cho‘zilmasligi kerak” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatiga tashrifi davomida zudlik bilan yangilanishi talab etilayotgan qator ijtimoiy obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

 

 

Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘makay” oilaviy poliklinikasi binosi o‘rganildi. Mazkur muassasa 1988-yildan buyon foydalanib kelinayotgani va bugungi talab hamda standartlarga javob bermasligi qayd etildi.

 

 

Shuningdek, 9-sonli bog‘cha hamda 36-sonli maktab faoliyati bilan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, bog‘cha 1970-yillarda qurilgan sobiq oromgoh hududida joylashgan, 36-sonli maktab esa 1960-yilda barpo etilgan bo‘lib, uning sig‘imi o‘quvchilar soniga mos kelmaydi. Har ikki obyektni yangidan qurish rejalashtirilgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva ta’lim va tibbiyot sohasida shifokorlar hamda pedagoglar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ota-onalarning farzandlarini maktab va bog‘chalarga ishonch bilan yuborishi uchun zarur infratuzilmani shakllantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

 

 

"Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak. Jarayonni tezlashtirish, aniq va sezilarli natija tez fursatda amalda ko‘rinishi lozim", deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"