Jahon

Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

Kreml muzokaralar uchun ilgari surilgan talablar o‘z kuchida qolayotganini bildirgan.

Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini davom ettirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Biroq u muzokaralar avval ilgari surilgan shartlar va erishilgan kelishuvlar asosida olib borilishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Putinning aytishicha, Rossiya tomoni 2022-yil bahorida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda shakllangan kelishuvlarni muzokaralar uchun asos sifatida ko‘rmoqda. U o‘sha paytda Ukraina delegatsiyasi tomonidan dastlabki hujjatlar ma’qullanganini eslatib, mazkur yondashuvdan voz kechish uchun sabab ko‘rmayotganini bildirgan.

 

Rossiya rahbari, shuningdek, Donald Tramp bilan Ankorijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan masalalar ham kelgusidagi muloqotlarda inobatga olinishi kerakligini qayd etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Moskva ilgari surayotgan asosiy shartlardan biri Ukraina qo‘shinlarining Donetsk, Lugansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlaridan chiqib ketishini nazarda tutadi. Rossiya tomoni ushbu hududlarni muzokaralar jarayonidagi muhim masalalardan biri sifatida ko‘rmoqda.

 

Putin hukumat a’zolari bilan uchrashuvda so‘zlar ekan, muzokaralar joylardagi amaldagi vaziyat hamda avval erishilgan kelishuvlar asosida davom etishi lozimligini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar AQSh vositachiligida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Turkiya tomoni ikki davlat o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuvlarga mezbonlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.