Jahon

Qirgʻiziston parlamenti prezidentlik saylovlari sanasini tasdiqladi

Prezident tashabbusi bilan prezidentlik saylovlarini oʻtkazish tartibi va muddatlari qayta belgilandi.

Qirgʻiziston parlamenti prezidentlik saylovlari sanasini tasdiqladi

 

Qirgʻiziston Jogorku Keneshi mamlakat prezidenti va parlament deputatlari saylovlari toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni uch oʻqishda maʼqulladi. Mazkur tashabbus prezident tomonidan ilgari surilgan boʻlib, keyingi prezidentlik saylovlarini oʻtkazish tartibi va muddatlarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Bu haqda inbusiness.kz xabar berdi.

 

Qirgʻiziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Tinchtyk Shaynazarovning maʼlum qilishicha, oʻzgartirishlar amaldagi qonunchilikni Konstitutsiya talablariga moslashtirish hamda saylov sanasini aniq belgilashga qaratilgan. Yangi tartibga koʻra, prezidentlik saylovlari yanvar oyining toʻrtinchi yakshanbasida oʻtkaziladi va ovoz berish sanasi kamida toʻrt oy oldin eʼlon qilinadi.

 

Shunga muvofiq, Qirgʻizistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027-yil 24-yanvar kuni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Parlamentdagi muhokamalar davomida haftaning kuni boʻyicha ayrim texnik oʻzgartirishlar sabab 27-yanvar sanasi ham tilga olindi.

 

Jogorku Kenesh spikeri Marlen Mamatalievning taʼkidlashicha, mazkur oʻzgartirishlar saylovchilarning faolligini oshirish va ovoz berish jarayonida yuqori ishtirokni taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Qonun loyihasi endilikda imzolash uchun Qirgʻiziston prezidentiga yuboriladi va rasmiy eʼlon qilingach kuchga kiradi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.