O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Ayrim dori vositalari reklamalarida “eng samarali”, “eng xavfsiz”, “kafolatlangan natija” yoki “nojo‘ya ta’sirlari mavjud emas” kabi iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan iboralar qo‘llanmoqda.

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda dori vositalari reklamalarida iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan bo‘rttirilgan iboralar qo‘llanayotganiga e’tibor qaratdi.

 

Qayd etilishicha, ayrim reklamalarda dori vositalari “noyob”, “eng samarali”, “eng xavfsiz”, “kafolatlangan natija”, “eng ishonchli vosita”, “tez davolaydi”, “nojo‘ya ta’sirlari mavjud emas” yoki “samarasi isbotlangan” kabi ta’riflar bilan targ‘ib qilinmoqda.

 

Qo‘mita bunday ma’lumotlar iste’molchilarda dori vositalarining xususiyatlari haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi, shifokor tavsiyasisiz o‘zini-o‘zi davolashga undashi hamda salomatlik uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasiga muvofiq, dori vositalari reklamalarida mustaqil davolanish mumkinligi haqida taassurot uyg‘otish, olimlar, tibbiyot xodimlari yoki mashhur shaxslarning tavsiyalaridan foydalanish, alohida shaxslarning minnatdorlik izhorlari va muvaffaqiyatli davolanish holatlarini keltirish, preparatni eng samarali, eng xavfsiz yoki noyob vosita sifatida taqdim etish, ta’siri kafolatlanganini da’vo qilish hamda boshqa dori vositalari bilan noto‘g‘ri taqqoslashlar qilish taqiqlanadi.

 

Shuningdek, retseptsiz beriladigan dori vositalari reklamalarida qo‘llash bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi va mutaxassis maslahatini olish zarurligi haqidagi ogohlantirish ham bo‘lishi shart.

 

Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar va reklama tarqatuvchilarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarni esa dori vositalarini tanlashda faqat reklama emas, balki shifokor tavsiyalariga tayanishga chaqirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"