O'zbekiston

Toshkentda qalbaki 10 ming dollarni 6,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Tezkor tadbir davomida qalbaki valyutalar musodara qilingan.

Toshkentda qalbaki 10 ming dollarni 6,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki AQSH dollarlarini muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, fuqaro A.A. 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 10 ming AQSH dollarini fuqaro R. Z. ga 6,5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida qalbaki valyutalar musodara qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi — qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida ham qalbaki 100 ming AQSH dollarini 40 ming dollarga sotishga uringan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinib, ularga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar qilingandi.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"