O'zbekiston

Bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

“Sevimli” telekanalining “Eslab, eslab” loyihasi boshlovchisi Farxod Abdullayev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

Bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

 

Farmonda qayd etilishicha, mukofotlar mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shilgan hissa uchun berildi.



“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

 

  • Abdullayev Farxod Badalovich — “Sevimli” telekanalining “Eslab, eslab” loyihasi boshlovchisi;
  • Kazakbayev Tulkun Muxitdinovich — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va publitsist;
  • Qurbonova Aziza Abdusabitovna — Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazining axborot tayyorlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
  • Soliyeva Azizaxon Turg‘unovna — Buvayda tumani “Buvayda ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati.

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

 

  • Atabekova Zuxri — ijtimoiy tarmoqlardagi “Zuhra_buvi” sahifasi asoschisi, bloger;
  • Biryukov Valeriy Vasilevich — “ТАСС” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri;
  • Mustakimov Rim Munirovich — “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari tahririyati katta musahhihi, Samarqand viloyati;
  • Naxanov Jaxongir Atayarovich — “Ishonch” va “Ishonch—Доверие” gazetalari bosh muharriri o‘rinbosari;
  • Suvonov Lutfulla Xayrullayevich — “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyatining ijtimoiy-siyosiy hayot va huquq bo‘limi katta muxbiri;
  • Tulegenov Sharafitdin Bakirovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” radiokanali xalqaro tahliliy dasturlar guruhi muallif-sharhlovchisi;
  • Shirmuxamedov Dilshod Sagdullayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi teleoperatori.

 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

 

  • Rizayev Murodjon Ziyayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi futbol translyatsiyalarini uyushtirish muharririyati sharhlovchisi.

 

“Sog‘lom turmush” medali bilan

 

  • Xayitova Laylo Sattorovna — “Xabar.uz” internet nashrining Buxoro viloyati bo‘yicha muxbiri.

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

 

  • Majidov Shoxrux G‘olib o‘g‘li — “Kun.uz” internet nashri muxbiri;
  • Meliqo‘ziyev Ravshanbek Isomiddin o‘g‘li — ijtimoiy tarmoqlardagi “Platina.uz” va “Pinkod.uz” sahifalari asoschisi, bloger;
  • To‘lqinova Mahliyo Ozod qizi — ijtimoiy tarmoqlardagi “Sinchalak blog” sahifasi asoschisi, bloger.

 

“Shuhrat” medali bilan

 

  • Abdullayev A’lo Abzalovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbiri;
  • Avalboyev Ikrom Xolyigitovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri;
  • Allayev Akbarali Odinamaxmatovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi muharrirlar guruhi bosh muharriri;
  • Askarov Jobirxon Kozim o‘g‘li — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi matbuot kotibi;
  • Atamuratov Ilxambek Muxammetali uli — “Jaslar TV” telekanali va “Nukus FM” radiosi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • A’loyeva Nigoraxon Akrom qizi — “Daryo.uz” internet nashri muharriri;
  • Zakirova Nodira Nasirovna — “Bir safda” jurnali tahririyati bo‘lim muharriri;
  • Ibragimova Zebiniso Asatovna — Nurota tumani axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari, Navoiy viloyati;
  • Irgasheva Maxsuma Raxmatovna — “Saodat” jurnali musahhihi;
  • Karimov Baxtiyor Almosboyevich — “Mening yurtim” telekanalining kino tahririyati muharriri;
  • Karimova Odinaxon Bokibilloyevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktorining “Navo” telekanali bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Kulmatova Dilafruz Ravshanovna — “UzReport TV” telekanali katta muharriri;
  • Logvina Yuliya Sergeyevna — “Народное слово” gazetasi bo‘lim muharriri;
  • Maxmudov Otabek Ulugbekovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali ilmiy-tahliliy va intellektual ko‘rsatuvlar muharririyati teleoperatori;
  • Mir-Artikov Nuriddin Maxkamovich — G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining bosma sexi chop etuvchisi;
  • Mirsadikov Miravzal Mirvaxidovich — “Yoshlar ovozi” MCHJning “HIT FM” radiosi prodyuseri;
  • Nishanov Nodirbek Iskandarovich — ijtimoiy tarmoqlardagi “Qurultoy” sahifasi asoschisi, bloger;
  • Paydayev Xasan Ibragimovich — Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi yetakchi mutaxassisi;
  • Salimov Timur Mirsamat o‘g‘li — “Zo‘r TV” telekanali prodyuseri;
  • Yusupov Yakub Kabildjanovich — “Milliy” telekanali texnik direktorining o‘rinbosari.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.