O'zbekiston

Samarqandda mahalla ichida 130 km/soat tezlikda mashina haydagan yigit jazolandi

Tekshiruv davomida avtomobilni boshqargan shaxsda haydovchilik guvohnomasi yo'qligi aniqlangan.

Samarqandda mahalla ichida 130 km/soat tezlikda mashina haydagan yigit jazolandi

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan yigit avtomobilni mahalla hududida yuqori tezlikda boshqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Cobalt rusumli avtomobil tor mahalla ko‘chasida yuqori tezlikda harakatlanayotgani aks etgan. Kadrlardan transport vositasi tezligi taxminan 130 km/soatga yetgani ko‘rinadi. Mazkur hududning har ikki tomonida turar joylar joylashgan bo‘lib, bu holat boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari va aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirgan.

 

Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, qoidabuzarni aniqlash qiyinchilik tug‘dirmagan. Sababi, ushbu holat aks etgan videotasvirlar uning tanishlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylashtirilgan.

 

O‘tkazilgan tekshiruv davomida avtomobilni boshqargan shaxsning haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (haydovchilik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish) hamda 128-3-moddasi (belgilangan tezlikni oshirish) asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.