O'zbekiston

Jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilaman — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilaman — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi.

 

“Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barcha jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilishimni yana bir bor izhor etaman”, dedi Prezident.

 

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, bu yilgi kasb bayrami milliy matbuot asoschisi hisoblangan jadidlarning “Taraqqiy” gazetasi tashkil etilganining 120 yilligi hamda O‘zbekistonda radioeshittirishlar ilk bor efirga uzatilganining 100 yilligi bilan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Davlat rahbari so‘nggi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash, davlat organlari faoliyati ochiqligini kengaytirish, axborot sohasini raqamlashtirish va zamonaviy media makonini shakllantirish yo‘nalishida qator islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatdagi qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositasining 67 foizi, noshirlik subyektlarining 90 foizdan ortig‘i hamda matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, joriy yilda nashriyotlarning ishlab chiqarish quvvati o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, 15 ming nomdagi 60 milliondan ortiq nusxadagi kitoblar chop etilgan.

 

Tabrikda axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan sharoitda ishonchli manbalarni ajrata olish muhim ko‘nikmaga aylanayotgani qayd etildi. Shu maqsadda turli media loyihalari orqali 10 ming nafar yoshni qamrab oluvchi zamonaviy ta’lim tizimi shakllantirilgani bildirildi.

 

Shavkat Mirziyoyev erkin va mas’uliyatli jurnalistika jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri ekanini ta’kidlab, jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning kasbiy malakasini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnatini rag‘batlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi choralar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning islohotlardagi ishtirokini kengaytirish zarurligini qayd etdi. U jurnalistlarning huquqiy va axborot-texnologik qo‘llab-quvvatlanishi, kasbiy birdamligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari ilk bor mamlakat bo‘ylab uch oy davomida o‘tkazilgan va 12 mingdan ortiq soha vakillari hamda yosh jurnalistlarni qamrab olgan Media haftalik tadbirlarini kelgusida ham davom ettirish muhimligini bildirdi.

 

Tabrik yakunida Prezident davlat mukofotlari bilan taqdirlangan soha vakillarini tabriklab, barcha jurnalist va media xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi. U milliy ommaviy axborot vositalari davlat va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi, xalqni umummilliy manfaatlar asosida birlashtiruvchi ma’naviy kuchga aylanishi uchun davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.