O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirilmoqda

Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud hamda 208 ta tuman va shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlaydi.

O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirilmoqda

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yo‘qotishlarini tahlil qiluvchi "Yashirin iqtisodiyot xaritasi" platformasi bosqichma-bosqich to‘liq ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan platforma hozirda sinov rejimida ishlamoqda. U iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud hamda 208 ta tuman va shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlash imkonini beradi.

 

Platformaga 16 ta vazirlik va idoraning axborot bazalari o‘zaro integratsiya qilingan. Ma’lumotlar real vaqt rejimida qayta ishlanib, hudud va tarmoqlar xavf darajasiga qarab "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratiladi. Shuningdek, litsenziyasiz faoliyat yuritish, haqiqiy aylanmani yoki ish haqi jamg‘armasini yashirish kabi holatlar avtomatik aniqlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda platformani yanada rivojlantirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. Xususan, 1-oktabrgacha unga yana 70 dan ortiq axborot tizimini ulash, 2027-yil 1-yanvargacha esa barcha hudud va sohalarni platforma bilan qamrab olib, uni to‘liq ishga tushirish topshirildi.

 

Shuningdek, taqdimot davomida so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 35 foizdan 23 foizgacha kamaygani qayd etildi. 

 

Mamlakatda 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot hajmini ikki barobar qisqartirish, rasmiy bandlikni 14 million nafarga, naqdsiz to‘lovlar ulushini esa 75 foizga yetkazish maqsad qilingan.

 

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.