Jahon

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik maxsus operatsiya e'lon qildi

Operatsiyaning mazmuni hozircha oshkor etilmagan.

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik maxsus operatsiya e'lon qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan Rossiyaga qarshi amalga oshiriladigan 40 kunlik maxsus operatsiyani ma’qullaganini ma’lum qildi. Operatsiya tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

 

Zelenskiy bu haqda SBU rahbari Yevgeniy Xmara bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

 

Prezidentning bildirishicha, uchrashuv davomida uzoq va o‘rta masofali zarba berish rejalari, shuningdek, SBUning "Alfa" maxsus operatsiyalar markazining frontdagi faoliyati yuzasidan hisobot tinglangan.

 

Zelenskiy SBU tomonidan turli turdagi dronlardan foydalanish Ukraina mudofaa kuchlarining frontdagi samaradorligini sezilarli darajada oshirganini qayd etgan.

 

Shuningdek, u "urushni yakunlash maqsadida tajovuzkor davlatga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan 40 kunlik operatsiyani ma’qullaganini" bildirgan. Biroq operatsiyaning mazmuni, ko‘lami va amalga oshirish mexanizmlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

 

Ma’lumki, SBUning "Alfa" maxsus bo‘linmasi terrorizmga qarshi kurash, maxsus operatsiyalar hamda Rossiya hududidagi ayrim strategik obyektlarga uyushtirilgan dron hujumlarida ishtirok etishi bilan tanilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar davomida Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirgan. Xususan, neftni qayta ishlash zavodlari va yoqilg‘i omborlariga uyushtirilgan hujumlar ortidan Rossiyaning ayrim hududlarida yoqilg‘i taqchilligi kuzatilgani va benzin savdosiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar berilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"