Jahon

El Nino hodisasi sabab dunyoda shakar narxi keskin oshishi mumkin

Iqlim hodisasi sabab ikkinchi yirik shakar eksportchisi Hindistonda yog‘ingarchilik kamayishi kutilmoqda. Natijada shakarqamish ekish kechikishi mumkin.

El Nino hodisasi sabab dunyoda shakar narxi keskin oshishi mumkin

Dunyoning ikkinchi yirik shakar eksportchisi bo‘lgan Hindiston kamida yana uch mavsum davomida eksport uchun ortiqcha shakar zaxirasiga ega bo‘lmasligi mumkin. Bunga El-Nino ob-havo hodisasi sabab shakarqamish hosilining kamayishi va etanolga talabning ortishi ta’sir qilmoqda.

 

Reuters’ning yozishicha, bu omillar millionlab tonna shakarning jahon bozoriga chiqmay qolishiga, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi import qiluvchi davlatlar uchun taklif qisqarishiga hamda London va Nyu-Yorkdagi etalon narxlar yuqori darajada saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin.

 

Savdo va sanoat vakillari, hukumat manbalari hamda fermerlar bilan o‘tkazilgan suhbatlarga ko‘ra, shakarqamish hajmining kamayishi va etanol ishlab chiqarishga talab ortishi yaqin yillarda eksport uchun yetarli hajm qolmasligiga sabab bo‘ladi.

 

Hindistonda shakar eksporti hukumat ruxsati asosida amalga oshiriladi. Hukumat va sanoatdagi xabardor manbalar Nyu-Dehli ko‘p yillik taqiq e’lon qilish o‘rniga har bir mavsumda eksport ruxsatlarini cheklashi mumkinligini bildirgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, El-Nino tufayli bu yil Hindistonda musson yog‘inlari so‘nggi 11 yildagi eng past darajaga tushishi kutilmoqda. 

 

Yog‘ingarchilikning kamayishi fermerlarni shakarqamish ekishni kechiktirishga majbur qilmoqda, ayrimlari esa suvni kam talab qiladigan ekinlarga o‘tishni rejalashtirmoqda.

 

Sanoat hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindistonda joriy mavsumda shakar ishlab chiqarish hajmi avval kutilgan 30,95 million tonnadan 27,9 million tonnagacha pasayishi mumkin. Bu mamlakatning yillik taxminan 28,5 million tonnalik ichki iste’molidan ham kam.

 

Shu bilan birga, Hindiston import qilinadigan neftga qaramlikni kamaytirish maqsadida benzin tarkibidagi etanol ulushini oshirish siyosatini davom ettirmoqda. Sanoat vakillari fikricha, hukumatning kelajakdagi siyosati shakar eksportidan ko‘ra etanol ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

 

Hukumat manbalari va sanoat vakillarining aytishicha, agar El-Nino shakarqamish yetishtirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatsa, Hindiston kelajakda shakar import qilishga ham majbur bo‘lishi mumkin. 

 

Mamlakat oxirgi marta 2016–2017 va 2017–2018-yilgi mavsumlarda shakar import qilgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"