O'zbekiston

Miltiq, patron va o‘qlar bojxona chegarasidan o‘ta olmadi

“Navoiy” chegara bojxona postida qurol va patronlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan ikki holat fosh etildi.

Miltiq, patron va o‘qlar bojxona chegarasidan o‘ta olmadi

Davlat bojxona xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan bojxona nazorati davomida mamlakat hududiga qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan ikki holat aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Navoiy” chegara bojxona posti orqali piyoda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuki tekshirilganda, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 1 dona “KRAL ARMS” rusumli miltiq va 44 dona “SPOTXON” rusumli o‘q borligi aniqlangan.

 

Yana bir holatda esa boshqa bir yo‘lovchining qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona “RETAY G19C” rusumli to‘pponcha hamda 30 dona “Kaiser” rusumli patron borligi fosh etilgan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Navoiy” chegara bojxona postida yo‘lbarssimon bo'g'ma ilonni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirishga urinish fosh etilgani xabar qilingan edi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.