Jahon

Pokiston Afg‘onistonning uchta viloyatiga hujum qildi

Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkazilgan maxsus operatsiyada 29 nafar jangari yo‘q qilingan.

Pokiston Afg‘onistonning uchta viloyatiga hujum qildi

 

Pokiston xavfsizlik kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda terrorchilik guruhlariga qarshi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazdi. Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, amaliyot davomida 29 nafar qurolli jangari yo‘q qilingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Pokiston axborot va radioeshittirish vaziri Attaulloh Tararning ma’lum qilishicha, operatsiya Xayber Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida tinch aholiga, shuningdek, Karachi shahridagi Reynjerlar shtab-kvartirasiga uyushtirilgan hujumlarga javoban amalga oshirilgan.

 

Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari Pokiston–Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan "Jamaat-ul-Ahrar" va "Fitna-ul-Xavorij" guruhlariga tegishli boshpanalar hamda istehkomlarga nishonli zarbalar bergan.

 

Vazirning bildirishicha, Xayber Paxtunxva viloyatining Bajaur tumanida o‘tkazilgan operatsiya davomida yuqori martabali dala qo‘mondoni Xon Farosh ham yo‘q qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun avval qurolli shaxslar Karachi shahridagi Reynjerlar shtab-kvartirasiga hujum uyushtirgan edi. Hujum oqibatida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchilardan uch nafari yo‘q qilingan, yana biri qo‘lga olingan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs Afg‘oniston fuqarosi ekani aniqlangan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"