O'zbekiston

Toshkentda kuchli shamol: hokimlik aholini ogohlantirdi

Noqulay ob-havo sabab simlar uzilishi, daraxtlar qulashi va chang miqdori ortishi mumkin.

Toshkentda kuchli shamol: hokimlik aholini ogohlantirdi

 

Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatilayotgani munosabati bilan poytaxt hokimligi fuqarolarni ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti sababli elektr uzatish tarmoqlarida simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi hamda havoda chang miqdorining ortishi ehtimoli mavjud.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqishni cheklash, ayniqsa allergiya yoki changga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan shaxslarga ehtiyot bo‘lish tavsiya etildi.

 

Shuningdek, shahar bo‘ylab harakatlanishda hushyorlikni oshirish, o‘zining va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlash hamda shaxsiy mulkni ehtiyot qilish so‘raldi.

 

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqarolar 1050, 1055, (71) 212-69-80 va (71) 212-69-82 telefon raqamlari orqali tegishli xizmatlarga murojaat qilishlari mumkin.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.