Jahon

Hindistondagi suv toshqinlari 22 mingdan ortiq aholiga zarar yetkazdi

Toshqinlar 96 ta qishloqni suv ostida qoldirdi, minglab aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinmoqda.

Hindistondagi suv toshqinlari 22 mingdan ortiq aholiga zarar yetkazdi

 

Hindistonning Assam va Arunachal-Pradesh shtatlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari 22 mingdan ortiq aholiga zarar yetkazdi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, suv toshqinlari Assamning oltita tumanini qamrab olgan bo‘lib, eng ko‘p zarar Dhemaji tumanida qayd etilgan. Mazkur hududda 15 400 nafardan ortiq aholi jabr ko‘rgan.

 

Tabiiy ofat oqibatida 96 ta qishloq suv ostida qolgan, qariyb 1 690 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari zarar ko‘rgan. Shuningdek, 1965-yilda qurilgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushgani ma’lum qilindi.

 

Arunachal-Pradesh shtatida esa kuchli yog‘ingarchilik oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

 

Rasmiylar uy-joyidan ayrilgan aholini vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirmoqda. Tabiiy ofat 48 mingdan ortiq chorva va boshqa hayvonlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etilgan.

 

Sinoptiklar 28-iyundan 1-iyulgacha hududlarda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq davom etishini prognoz qilmoqda. Shu bois yangi suv toshqinlari va ko‘chkilar yuzaga kelishi xavfi saqlanib qolmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"