Jahon

Hozircha AQSh bilan yangi muzokaralarni boshlash rejalashtirilmagan — Eron

Tehron yakuniy kelishuv bo‘yicha muzokaralar memorandumdagi asosiy majburiyatlar bajarilgandan keyingina boshlanishini bildirdi.

Hozircha AQSh bilan yangi muzokaralarni boshlash rejalashtirilmagan — Eron

 

Eron yaqin kelajakda AQSh bilan hech qanday darajada yangi muzokaralarni boshlashni rejalashtirmayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘ayi ma’lum qildi deydi Tasnim.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron ekspertlar delegatsiyasi erishilgan kelishuvlar ijrosini monitoring qilish maqsadida Qatar poytaxti Dohaga yo‘l oladi.

 

Bag‘ayi AQSh memorandumning neft savdosiga oid 10-bandi doirasida o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan zarur ruxsatnomalarni berganini, shuningdek, Eron aktivlarini blokdan chiqarishga oid 11-band ijrosi ham monitoring bosqichida ekanini ta’kidlagan.

 

"Eron hali yakuniy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlagani yo‘q. Memorandumning 13-bandiga muvofiq, bunday muzokaralar 1, 4, 5, 10 va 11-bandlarda nazarda tutilgan majburiyatlarning amalda bajarilishiga bog‘liq", — degan TIV vakili.

 

Ma’lumot uchun, memorandumning birinchi bandida barcha frontlarda harbiy harakatlarni to‘liq va doimiy to‘xtatish nazarda tutilgan. Shuningdek, hujjatda AQShning Eron nefti eksportiga oid cheklovlarni yumshatishi, Eronning muzlatilgan aktivlarini bosqichma-bosqich blokdan chiqarishi hamda Fors va Ummon ko‘rfazlarida savdo kemalari qatnovini tiklash bo‘yicha majburiyatlar ham belgilangan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.