O'zbekiston

Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

Hodisada jabrlanganlar holati haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti rusumli avtomobil jiddiy shikastlanib, ikki qismga bo‘linib ketdi. Hodisa aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

 

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 30-iyun kuni soat 05:10 atrofida Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomobil o‘ng tomondan harakatlanib kelayotgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Kuchli zarba oqibatida Lacetti avtomobili ikki qismga ajralgan.

 

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Rasmiy ma’lumotda hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki avtomobillarda bo‘lgan shaxslarning holati haqida ma’lumot keltirilmagan.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"