Jahon

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1 700 nafardan oshdi

Zilzila oqibatida 15 866 kishi uy-joyidan ayrilgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1 700 nafardan oshdi

 

Venesuelada sodir bo‘lgan ikkita kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 719 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Milliy Assambleyasi spikeri Xorxe Rodriges ma’lum qildi deydi dw.com.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 5 034 kishi turli darajada tan jarohati olgan, 15 866 nafar fuqaro esa uy-joyidan ayrilgan.

 

Avvalroq qurbonlar soni 1 450 nafar ekani ma’lum qilingan edi. Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli halok bo‘lganlar soni yana ortishi mumkinligini istisno etmayapti.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni kechqurun Venesuelada ketma-ket ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Taxminan 40 soniya oralig‘ida qayd etilgan zilzilalarning magnitudasi 7,2 va 7,5 ballni tashkil etgan. Ularning epitsentri Yarakuy shtatida, bir-biridan qariyb 10 kilometr masofada joylashgan.

 

 

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"