Jahon

Venesueladagi zilzilada AQShdan deportatsiya qilinganlar joylashtirilgan mehmonxona qulab tushdi — ABC

Mehmonxona vayron bo‘lishi oqibatida ayrim deportatsiya qilingan fuqarolar halok bo‘lgan, boshqalari esa bedarak yo‘qolgan.

Venesueladagi zilzilada AQShdan deportatsiya qilinganlar joylashtirilgan mehmonxona qulab tushdi — ABC

 

Venesuelada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida AQShdan deportatsiya qilingan venesuelaliklar vaqtincha joylashtirilgan mehmonxona qulab tushdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 24-iyun kuni ertalab AQShdan deportatsiya qilingan 146 nafar fuqaro Venesuelaga olib kelingan. Ularning 100 nafardan ortig‘i Karakasdan 30 kilometr uzoqlikdagi La Guaira shtatida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilgan.

 

O‘sha kunning kechki qismida mamlakatda ketma-ket ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. ABC telekanaliga deportatsiya qilingan fuqarolarning ayrim qarindoshlari mehmonxona qulagani, oqibatda ayrim insonlar halok bo‘lgani, boshqalari esa bedarak yo‘qolgani yoki omon qolgani haqida ma’lum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuelada 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila qayd etilgan. Ularning epitsentri Yarakuy shtati hududida joylashgan.

 

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1 719 kishi halok bo‘lgan, 5 034 kishi jarohatlangan, kasalxonalar va dala tibbiyot punktlarida ro‘yxatga olingan jabrlanganlar soni esa 22 616 nafarga yetgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"