Jahon

Dohada AQSh va Eron o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar o'tkazilmoqda

Muloqot vositachilar orqali olib borilmoqda.

Dohada AQSh va Eron o‘rtasidagi bilvosita muzokaralar o'tkazilmoqda

 

Qatar vositachiligida Doha shahrida AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bilvosita muzokaralar boshlandi. Bu haqda Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSh delegatsiyasi muzokaralar boshlanishi arafasida Qatar vakillari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan.

 

Reuters agentligining Eron hukumatidagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berishicha, seshanba oqshomidan buyon Doha shahrida Vashington va Tehron o‘rtasida vositachilar orqali muloqot davom etmoqda. Eron delegatsiyasi Qatar va Pokiston vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan bo‘lib, ular orqali AQSh tomoniga tegishli ma’lumotlar yetkazilgan.

 

Manbaga ko‘ra, chorshanba kuni davom etgan muzokaralarning asosiy mavzulari Eronning muzlatilgan xorijdagi aktivlari hamda Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq masalalar bo‘lgan.

 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Amerika tomoni bilan uchrashuv o‘tkazishni so‘raganini ma’lum qilgan edi. AQSh delegatsiyasi tarkibida prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner ishtirok etayotgani bildirilmoqda.

 

Shu bilan birga, Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid bin Muhammad al-Ansariy Dohada AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar rejalashtirilmaganini, muloqot vositachilar orqali olib borilayotganini ta’kidlagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"