Jahon

Kot-d’Ivuarda suv toshqinlari oqibatida 60 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Qo‘shni Ganada ham toshqinlar tufayli 12 kishi vafot etgan. Rasmiylar qidiruv ishlari davomida yana qurbonlar aniqlanishi mumkinligini bildirdi.

Kot-d’Ivuarda suv toshqinlari oqibatida 60 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Kot-d’Ivuarda bir necha kundan buyon tinmayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida kamida 59 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

 

Hukumat vakili Amadu Kulibalining aytishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani bois yana qurbonlar aniqlanishi mumkin.

 

Tabiiy ofat shanba kunidan boshlab yog‘gan jala yomg‘irlari ortidan yuzaga kelgan. Halok bo‘lganlarning bir qismi mamlakatning iqtisodiy markazi Abidjandagi Attekube va Yopugon tumanlarida qayd etilgan.

 

Qo‘shni Ganada ham kuchli yog‘ingarchilik keng ko‘lamli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Mamlakatning turli hududlarida, jumladan poytaxt Akkrada yuz bergan toshqinlar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan.

 

Dushanba kuni Akkra va unga tutash Tema shahrida ko‘plab ko‘chalar hamda binolarni suv bosib, ayrim hududlarga kirish imkonsiz bo‘lib qoldi. Halok bo‘lganlar orasida Achimota–Agbogbloshie tumanida suv oqimi olib ketgan ona va uning farzandi ham bor.

 

Gana Milliy yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suv bosgan hududlarga yetib borish qiyinlashgani sababli qutqaruvchilar harbiylardan yordam so‘rashga majbur bo‘lgan. Seshanba kuni ham ayrim mahallalar qisman suv ostida qolayotgan edi.

 

Gana Milliy ofatlar boshqarmasi dushanba kuni ertalab aholidan uylariga suv kirayotgani haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi.

 

Mamlakat meteorologiya agentligi esa hafta davomida, ayniqsa Akkra va uning atrofida yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligi haqida aholini ogohlantirdi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"