Jinoyat

Qashqadaryoda 201 kg kannabis, Toshkentda qariyb 2 kg gashish musodara qilindi

Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qashqadaryoda 201 kg kannabis, Toshkentda qariyb 2 kg gashish musodara qilindi

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 201 kilogramm kannabis va qariyb 2 kilogramm gashish musodara qilindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz shahrida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, sotish maqsadida 714 tup kannabis o‘simligini parvarishlayotgani aniqlangan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan kannabisning sof og‘irligi 201 kilogrammni tashkil etgan.

 

Yana bir holatda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Toshkent shahrining Yunusobod tumanida DXX va bojxona organlari xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilgan.

 

Tekshiruv davomida uning qo‘lidagi sellofan paketdan 1 kilogramm 994 gramm gashish topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositasi qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan bo‘lib, uni Toshkent shahrida sotish rejalashtirilgan.

 

Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"