O'zbekiston

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga mato tiqib, zo'ravonlik qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabat holatini nazoratga olib, ishchi guruh tuzilganini bildirdi.

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga mato tiqib, zo'ravonlik qildi

 

Toshkent shahridagi "Rayyona Kids" nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilarning bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda tarbiyachilarning bolalarga tazyiq o‘tkazgani, jumladan, bolalardan birining og‘ziga mato tiqqani hamda yana bir bolaning qo‘lini eshik bilan qisgani aks etgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan barcha tafsilotlar atroflicha o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kasb etikasi va amaldagi qonunchilik talablarini buzgan hamda holat uchun mas’ul bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘riladi.

 

Shuningdek, vazirlik bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan hamda litsenziya talablariga javob bermaydigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

 

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.