Jahon

Amerika yordami endi Isroil uchun zarur emas — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat AQShning moliyaviy yordamidan voz kechishini e'lon qildi.

Amerika yordami endi Isroil uchun zarur emas — Netanyaxu

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat AQShning moliyaviy yordamisiz ham faoliyat yuritishga tayyor ekanini ma’lum qildi deb xabar beradi News 18.

 

1-iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Netanyaxu Isroil iqtisodiyoti hozirgi kunda yetarli darajada mustahkam bo‘lib, AQShdan olinayotgan moliyaviy ko‘makka ehtiyoj qolmaganini ta’kidlagan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Amerika moliyaviy yordamini bosqichma-bosqich to‘xtatish jarayonini imkon qadar tezroq boshlashni maqsad qilgan.

 

"Men Amerika yordamini to‘xtatmoqchiman. Bu ijtimoiy yordamga o‘xshaydi va biz endi bunga muhtoj emasmiz", — degan Isroil bosh vaziri.

 

Netanyaxuning ta’kidlashicha, Isroil iqtisodiyoti endi kichik iqtisodiyot emas va mamlakat AQSh tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar hajmini mustaqil ravishda qoplay olish salohiyatiga ega.

 

Matbuot anjumanida u mintaqaviy xavfsizlik masalalariga ham to‘xtalib, Isroil Falastin davlatining tashkil etilishiga qarshi ekanini yana bir bor bildirgan. Shuningdek, Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan zarurat tug‘ilgan taqdirda Isroil yana harbiy choralar ko‘rishga tayyorligini ma’lum qilgan.

 

Bundan tashqari, Netanyaxu Isroil qo‘shinlari Hizbulloh tahdidi saqlanib qolayotgan ekan, Livan hududida qolishda davom etishini ta’kidlagan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"