O'zbekiston

Samarqandda jazo muddatini qisqartirish evaziga 15 ming dollar olgan advokat ushlandi

Shuningdek, 2 ming dollari evaziga sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlatishni va’da qilgan advokat ham qo‘lga olindi.

Samarqandda jazo muddatini qisqartirish evaziga 15 ming dollar olgan advokat ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokat mansabdor tanishlari orqali Jizzax viloyatidagi manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkumning ozodlikdan mahrum etish muddatini qisqartirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u mahkumning tanishidan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Yana bir holatda esa Qo‘shrabot tumanida faoliyat yurituvchi advokat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ko‘rilayotgan ishda himoyachi sifatida ishtirok etib, mansabdor tanishlari orqali sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishiga yordam berishini bildirgan. Ushbu xizmat evaziga sudlanuvchining o‘g‘lidan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan advokatlarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.