O'zbekiston

"Tanqidim tahqir emas, rivojlanish uchun aytilgan edi" — Alisher Qodirov

Deputat O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi avvalgi tanqidiy fikrlariga izoh berib, tanqidning maqsadi futbol rivojiga xizmat qilish ekanini ta’kidladi.

"Tanqidim tahqir emas, rivojlanish uchun aytilgan edi" — Alisher Qodirov

 

Deputat Alisher Qodirov O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi avvalgi tanqidiy fikrlariga munosabat bildirib, uning maqsadi futbolchilarni kamsitish emas, balki milliy futbol rivojiga hissa qo‘shish bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

 

Uning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan turli fikrlar jamiyatning befarq emasligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ayrimlar uning avvalgi tanqidlari va keyinchalik futbolchilarni qo‘llab-quvvatlagan bayonotlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligini ta’kidlayotganiga ham munosabat bildirgan.

 

Qodirovning fikricha, tanqid va tahqir tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur. U tanqidning asl mohiyati kamchiliklarni ko‘rsatish va ularni bartaraf etishga xizmat qilishini, insonni kamsitish esa mutlaqo boshqa tushuncha ekanini qayd etgan.

 

Deputat, shuningdek, milliy terma jamoa futbolchilarining Jahon chempionatidagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, ularning matonati va mehnatini yuqori baholashini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, mavjud kamchiliklarni ochiq muhokama qilish ham kelgusidagi muvaffaqiyatlar uchun muhim omil hisoblanadi.

 

Alisher Qodirov O‘zbekiston futboli endi faqat Jahon chempionatida ishtirok etish bilan kifoyalanmasligi, balki yirik musobaqalarda g‘alabalar sari intilishi lozimligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bunga erishish uchun bolalar futbolini rivojlantirish, maktablar, mahallalar va hududlar kesimida futbol tizimini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Deputat yakunda milliy terma jamoa mag‘lubiyatga uchramaganini, faqat vaqtinchalik qiyinchilikka duch kelganini qayd etib, asosiy vazifa bundan xulosa chiqarib, yanada kuchli jamoani shakllantirish ekanini ta’kidlagan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.